Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 10 kun avval bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi kanaldan topildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Guliston shahrida fuqaro M.N. IIBga ariza bilan murojaat qilib, 1974-yilda tug‘ilgan singlisi A.S. 12-noyabr kuni xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirgan.

22-noyabr kuni fuqaro Z.X. shahar IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, Guliston shahar hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanalida ayol murdasini ko‘rganini aytgan. Tekshiruv davomida A.S.ning murdasini tanib olish uchun amakisiga ko‘rsatilganda, amakisi ayolning kiyim-kechaklaridan, qosh-ko‘zlaridan va qorin sohasidagi chandig‘idan tanib olgan.

Ayolning murdasi ko‘zdan kechirilganda tan jarohatlari yo‘qligi ma’lum bo‘lgan va mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Ayni paytda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »