Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 23-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Nasaf” o‘zida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi. O‘yinda darvozalar ishg‘ol etilmadi va jamoalar bir ochkodan jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

“Neftchi” “Qizilqum”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Giorgi Nikabadze tomonidan urilgan gol yagonaligicha qoldi va farg‘onaliklarga g‘alaba keltirdi.

“Bunyodkor” “Metallurg”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda Jasurbek Hakimov “Bunyodkor”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

23-noyabr kungi bahslardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi. “Qizilqum” 12-o‘rinni egalladi va o‘tish o‘yinida ishtirok etadigan bo‘ldi.


Superliga

25-tur

23-noyabr, payshanba

“Nasaf” – “So‘g‘diyona” 0:0

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 10. Andres Chaves (19. Mateus Lima, 61), 34. Sherzod Nasrullayev (28. Shuhrat Muhammadiyev, 23), 70. Jambuli Jigauri (17. Suhrob Nurulloyev, 73), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (18. Bahrom Abdurahimov, 46), 92. Umarbek Eshmurodov, 99. Azizbek Amonov.

“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Jasurbek Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 7. Muhammadsafo Fozilov, 10. Javohir Qahramonov, 15. Tarik Isich, 17. Muhammad Yo‘ldoshev (3. Abdulloh Omonaliyev, 90), 22. Sanjar Shoahmedov (21. Shohruxxon Muxsinov, 90+6), 28. Stanislav Andreyev, 88. Samandarjon Mavlonqulov, 93. Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Alisher Salimov (16), Milan Mitrovich (90+1), Tarik Isich (90+3), Ivan Boshkovich (90+11).

“Neftchi” – “Qizilqum” 1:0

Gol: 1:0 — 16 Giorgi Nikabadze.

“Neftchi”: 12. Vladimir Nazarov, 7. Umar Adhamzoda, 19.Mirzoxid G‘ofurov (9. Ulug‘bek Hoshimov, 56), 20. Anvarjon G‘ofurov (2. Zoir Jo‘raboyev, 81), 22. Giorgi Nikabadze, 23. Diyorjon Turopov, 24. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 26. Oleksey Larin, 70. Abbosjon G‘ulomov, 77. Bilolxon Toshmirzayev.

“Qizilqum”: 16. Dilshod Yo‘ldoshev, 4. Ilhoimjon Vahobov, 5. Samandar Shukurillayev, 6. Murodbek Rahmatov (79. Diyor Raxmatullayev, 70), 7. Davron Anvarov (77. Giorgi Kuxinadze, 70), 10. Islom Kenjaboyev, 11. Akaki Shulaya, 13. Nikolay Tarasov, 17. Muhammadali G‘iyosov, 24. Ifeani Ifeani, 44. Jo‘rabek Mannonov (25. Azizbek Usmonov,77).

Ogohlantirishlar: Muhsinjon Ubaydullayev (35), Ilhoimjon Vahobov (38), Islom Kenjaboyev (59), Vladimir Nazarov (90+4), Nikolay Tarasov (90+6).

“Bunyodkor” – “Metallurg” 1:0

Gol: 1:0 — 65 Jasurbek Hakimov.

“Bunyodkor”: 71. Sarvar Karimov, 3. Mahmud Mahamadjonov, 4. Davron Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 8. Shohruhbek Abdurahmonov (7. Akbar Ismatullayev 90+1), 11. Igor Ivanovich (10. Rasul Yo‘ldoshev 46), 15. Jasur Hakimov (45. Farhod O‘tkirov 85), 19. Bilol Tupliyev (99. Umid Sultonov 71), 29. Muzaffar Olimjonov, 30. Velington Taira, 77. Milan Marchich (22.Usmonali Ismonaliyev 46). 

“Metallurg”: 87. Akmal Ortiqov, 3. Danial Mahini (15. Sardor Abduraimov 46), 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 7. Husniddin G‘ofurov (21. Muhammadaziz Ibrohimov 77), 8. Iskandar Shayqulov, 11. Damir Temirov (22.Shahzodbek G‘ofurbekov 77), 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev (19. Ergash Ismoilov 86'), 20. Daler Sharipov, 33. Ivan Yosovich,  77. Shahzod Ubaydullayev. 

Ogohlantirishlar: Iskandar Shayqulov (21), Milan Marchich (41), Mahmud Mahamadjonov (45).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »