Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yerni 24-noyabr, juma kuni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu haqda Meteoagent xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, K-indeksida 5 darajada magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi magnit bo‘roni 16-dekabrda kuzatilishi mumkin. K-indeksi geomagnit faollikni tavsiflaydi va 3 soatlik intervalda Yer magnit maydonining normadan chetlanishini bildiradi.

Magnit bo‘ron kuzatiladigan kunlar hatto sog‘lom odamlar ham salomatligida o‘zgarishlar kuzatilayotganidan shikoyat qiladi. Jumladan, bosh og‘rig‘i, holsizlik, diqqatning pasayishi, asabiylashish kuzatilishi mumkin. Surunkali kasalliklarga chalingan odamlar va qariyalar o‘zini yomon his qiladi.

Magnit bo‘ronining salomatlikka ta’siri

Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Magnit bo‘ronining salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  • qon bosimning buzilishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
  • ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynish;
  • holsizlik hissi.

Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni fonida salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »