Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbolchilarning qancha pul ishlab topishi ko‘pchilik muxlislarni qiziqtirsa kerak. Capology saytining maʼlumotlariga tayangan holda, Top-5 Ligalarda to‘p surayotgan, eng ko‘p va eng kam maosh oluvchi futbolchilar aniqlandi. Futbolchilarining maoshlari haftalik va yevroda ko‘rsatilgan:

APL

1. Kevin De Bryuyne “Manchester Siti” — 460 789
2. Erling Holand “Manchester Siti” — 431 990
3. Muhammad Saloh “Liverpul” — 403 190.

Bu yerda hamma narsa aniq, liganing uch asosiy yulduzi qolganlarga nisbatdan ko‘proq haq oladi. Ajablanarlisi, kuchli yigirmalikda “Liverpul”dan faqat bir futbolchi — Saloh joy olgan. Qolgan o‘rinlarni “Manchester Yunayted” (7), “Manchester Siti” (6), “Arsenal” (4), “Chelsi” (2) futbolchilari tashkil qiladi.

Endi boshqalarga qaraganda kamroq maosh oluvchilarga eʼtibor qaratsak:

1. Gevin Kilkenni “Bornmut” —1 728
2. Jordan Beyer “Byornli” —3 456
3. Denis Franki “Byornli” — 3 456.

“Bornmut” tarbiyalanuvchisi Kilkenni hali APLda o‘ynashga ulgurmadi (Chempionshipda o‘ynagan). Shu bilan birgalikda u liganing eng kam maosh oladigan futbolchisi ham hisoblanadi.

Yosh darvozabon Franki ham “Byornli” safida APLda debyut qilishga ulgurmadi. Beyer bo‘lsa “Byornli”ning asosiy o‘yinchilaridan bo‘lib, jamoa tarkibida 8 ta uchrashuvda harakat qilishga ulgurdi. Lekin bu himoyachining APL va jamoasining eng kam maosh oluvchi futbolchisi bo‘lishiga to‘sqinlik qilmayapti. 

La Liga

1. Frenki de Yong “Barselona” —721 154
2. Toni Kroos “Real Madrid” — 468 846
3. David Alaba “Real Madrid” — 432 692.

De Yongning katta shartnomasi “Barselonaning oldingi rahbariyatini eslatib turadi. Hozirgi rahbariyat Frenkini “Manchester Yunayted”ga sotishga yoki maoshining qisqartirishga harakat qildi, lekin yarim himoyachi hozircha bu takliflarga rozi bo‘lmagan.

Umuman olganda, “Barselona” moliya ishlari bo‘yicha yaxshi ishlar olib bormoqda. Kuchli yigirmalikdan “Barsa”ning oltita o‘yinchisi joy olgan. “Real”dan esa o‘n bir nafar, “Atletiko”dan uch nafar futbolchi bor. Asosiy adolatsizlik, Grizmann haftasiga 240 385 yevro bilan 21-o‘rindan joy olgan.

“Barselona” va “Atletiko Madrid”dan bo‘lmagan eng yaqin futbolchi — Inyaki Uilyams. “Atletik Bilbao” forvardi haftasiga 219 231 yevro maosh bilan “Real”ning har biri 200 385 maosh oladigan Karvaxal, Mendi va Sebalyos triosidan biroz ko‘proq haq oladi.

La Ligada birato‘la 5 nafar futbolchi eng kam maosh oladi – haftasiga 2308 yevro. Ular orasida hozirda Ispaniya Primerasining eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘lgan Alvaro Valles ham bor. Uning jamoasi “Las-Palmas” chempionatda 8-o‘rinda bormoqda.

Eng kam maosh oluvchilar orasida yana bir iqtidor 19 yoshli Savio ham bor. Yigitcha allaqachon “Jirona” safida 4 ta gol urib, shuncha golga hammualliflik qilishga ulgurdi. Uning haftalik maoshi 2885 yevro tashkil qilib, to‘rtinchi eng past natijadir.

A Seriya

1. Dushan Vlahovich “Yuventus” — 249 231
2. Voysex Shensni “Yuventus” — 231 538
3. Hoqon Chalhano‘g‘lu “Inter” — 213 654
4. Aleks Sandro “Yuventus” —213 654
5. Lautaro Martines “Inter” — 213 654.

A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi 20 nafar futbolchisiga nazar tashlasak, Hoqon Chalhano‘g‘li nima uchun “Milan”dan qo‘shnilariga o‘tib ketgani oydinlashadi. Ro‘yxat mantiqsizdek ko‘rinadi, chunki kuchli yigirmalikda so‘nggi ikki mavsum chempion bo‘lgan klublardan atigi ikki nafar futbolchi joy olgan: “Milan”dan Bennaser haftasiga 135 385 yevro bilan 17-o‘rinda bo‘lsa, “Napoli”dan Pyotr Zelinski 20-o‘rinda. Uning haftalik maoshi 124 615 yevro.

A Seriyaning eng ko‘p va eng kam maosh oladigan futbolchilari “Yuventus”da ekanligi hammani hayron qoldirsa kerak. Pol Pogba hozirda liganing eng kam maosh oladigan futbolchisi hisoblanadi. Doping mojarosi tufayli “Yuventus” futbolchining maoshini haftasiga 808 yevroga qisqartirgan. 

“Lechche” himoyachisi Valentin Jenri Pogbaga eng yaqin futbolchi hisoblanadi. Fransuz mavsumdagi barcha uchrashuvlarda qatnashib kelmoqda. Shunga qaramay, u liganing eng ham maosh oluvchi futbolchilardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bundesliga

1. Harri Keyn “Bavariya” — 480 769
2. Manuel Noyer “Bavariya” — 403 846
3. Tomas Myuller “Bavariya” — 394 231.

Bu yerda hech qanday intriga yo‘q. Kuchli 20 likdan 15 tasini “Bavariya” futbolchilari band qilgan. 12-o‘rinda “Borussiya D”dan Aller haftasiga 211 538 yevro bilan, 14-o‘rinda bo‘lsa, “Leypsig” forvardi Timo Verner 192 308 yevro bilan joy olgan.

Bundesliga futbolchilarining haftalik minimal maoshi 2308 yevroni tashkil qiladi. Bunday maosh oluvchi futbolchilar soni 47 nafarni tashkil qiladi.

Liga 1

1. Kilian Mbappe “PSJ” — 1 384 615
2. Usmon Dembele “PSJ” — 384 615
3. Lyuka Ernandes “PSJ” — 365 385.

Mbappe nima uchun Parijda qolishga qaror qilgani aniq. Top-20 likda “PSJ”dan 15 nafar futbolchi o‘rin olgan. 3 nafari “Marsel”dan. “Renn” va “Monako”dan bir nafardan futbolchi joy olgan.

Liga 1 futbolchisi uchun eng kam maosh 2308 yevroni tashkil qiladi va 54 nafar futbolchi shuncha maosh olmoqda. Ular orasida “Liverpul”ni Yevropa Ligasida “parchalab tashlagan” va Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiy Ronald Kumanning eʼtiboriga tushgan Teys Dallinga ham bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »