Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 13-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 26-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” safarda “Everton” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 3-daqiqasida mankunianliklar futbolchisi Alexandro Garnacho ajoyib gol urib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham “qizil iblislar” faollikni tushirmadi va 53-daqiqada penalti ishlab oldi. Ushbu penaltini Markus Reshford aniq amalga oshirdi. 75-daqiqada Antoni Marsyal ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Manchester Yunayted” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Erik ten Hag shogirdlari ochkolari sonini 24 taga yetkazdi va 6-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. 

“Tottenhem” o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Aston Villa” safida Pau Torres va Olle Uotkins gol urgan bo‘lsa, “shporlar” tarkibida Jovani lo Chelso o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

“Aston Villa” ochkolarini 28 taga yetkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Tottenhem” esa 26 ochko bilan 5-pog‘onani band etdi. 


APL

13-tur

26-noyabr, yakshanba

“Everton” — “Manchester Yunayted” 0:3

Gollar: 0:1 – 3 Garnacho, 0:2 – 56 Reshford (penalti), 0:3 – 75 Marsyal.

“Everton”: Pikford, Yang (Patterson, 73), Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Harrison, Guye, Dukure, Garner, Kelvert-Lyuin, Maknil (Danjuma, 73).

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Maguayr, Lindelef, Shou (Uan-Bissaka, 76), Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu (Amrabat, 72), Garnacho (Pelistri, 72), Marsyal, Reshford.

Ogohlantirishlar: Yang (21), Dukure (29).

“Tottenhem” — “Aston Villa” 1:2

Gollar: 1:0 – 22 Lo Chelso, 1:1 – 45 Pau Torres, 1:2 – 61 Uotkins.

“Tottenhem”: Vikario, Porro, Devis, Emerson, Udoji, Lo Chelso (Velis, 86), Bentankur (Hyoyberg, 32), Kulusevski, Son Hyon Min, Xil (Skipp, 71), Jonson.

“Aston Villa”: Martines, Kesh (Beyli, 46), Konsa, Diego Karlos, Pau Torres, Din, Makginn (Remzi, 90), Kamara, Duglas Luis, Diabi (Tilemans, 46), Uotkins (Duran, 90).

Ogohlantirishlar: Kesh (27), Kamara (38), Makginn (41), Uotkins (82).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »