Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 12-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 12-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. 

“Manchester Siti” safarda “Chelsi” mehmoni bo‘ldi va 4:4 hisobida durang o‘ynadi. “Shaharliklar” tarkibida Manuel Akanji va Rodri bittadan gol urgan bo‘lsa, Erling Holand dubl muallifiga aylandi. Londonliklar safida Rahim Sterling, Tyago Silva, Nikolas Jekson va Kol Palmer o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

“Liverpul” o‘z maydonida “Brentford”ni qabul qildi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Muhammad Saloh darvozani ishg‘ol qildi. 62-daqiqada misrlik futbolchi dublni rasmiylashtirdi. 74-daqiqada esa Diogu Jota o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. Shu tariqa mersisaydliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.


APL

12-tur

12-noyabr, yakshanba

“Chelsi” — “Manchester Siti” 4:4

Gollar: 0:1 – 25 Holand (penalti), 1:1 – 29 Tiago Silva, 2:1 – 37 Sterling, 2:2 – 45 Akanji, 2:3 – 47 Holand, 3:3 – 67 Jekson, 3:4 – 86 Rodri, 4:4 — 90+5 Palmer (penalti).

“Chelsi”: Sanches, Jeyms (Gyusto, 64), Tyago Silva, Disasi, Kukurelya, Gallaher, Fernandes (Mudrik, 64), Palmer, Kaysedo (Broya, 90), Sterling, Jekson.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Gvardiol, Akanji, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Doku (Grilish, 59), Holand, Alvares (Kovachich, 79).

Ogohlantirishlar: Kukurelya (22), Palmer (23), Doku (56), Kaysedo (60), Rodri (72).

“Liverpul” — “Brentford” 3:0

Gollar: 1:0 – 39 Saloh, 2:0 – 62 Saloh, 3:0 – 74 Diogu Jota.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Kuansa, 90), Matip, van Deyk, Simikas, Endo, Soboslai (Makkonnell, 90), Saloh, Diogu Jota (Dias, 83), Gakpo (Elliott, 83), Nunyes.

“Brentford”: Flekken, Ayer, Mi, Pinnok, Kollinz, Roerslev (Goddos, 72), Nergor, Yensen (Yarmolyuk, 72), Yanelt (Oneka, 46), Vissa (Mope, 72), Mbemo.

Ogohlantirishlar: Nergor (30), Ayer (30), Matip (37).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »