Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Meta kompaniyasi matbuot kotibi Endi Stounni federal qidiruvga berdi. Bu haqda IIV ma’lumotlariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Linkedln

Xabarga ko‘ra, qidiruv kartasi maʼlumotlar bazasida 2023-yilning fevralida paydo bo‘lgan, biroq unga hozirgina eʼtibor berilgan. Shu bilan birga, noyabr oyida Rossiya sudlaridan biri Stounni terrorizmni targ‘ib qilish (Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 2-qismi) moddasi bo‘yicha sirtdan hibsga olishga qaror qilgan.

2022-yil mart oyida Rossiya Tergov qo‘mitasi Meta xodimlariga, jumladan, Stounga nisbatan ekstremistik faoliyatga chaqirish va terrorchilik faoliyatiga yordam berish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Bunga kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik harbiylarga nisbatan zo‘ravonlik chaqiriqlarini bloklamaslikka qaror qilgani sabab bo‘lgan.

O‘sha oyda Rossiya rasmiylari kompaniyaning Facebook va Instagram tarmoqlarini bloklab qo‘ygan va Metaning o‘zini “ekstremistik” tashkilot deb topgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »