Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chexiyaning omborlarida Ukrainaga yetkazish mumkin bo‘lgan qurollar yo‘q, shuning uchun endi hukumat muqobil yo‘l topdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Yana Chernoxova Chexiya televideniyesi orqali gapirdi, deb yozadi Ceske Noviny.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini Ukrainaga yetkazib berish uchun boshqa davlatlar hukumatlari bilan xalqaro hamkorlik doirasida eksport litsenziyalarini oladi.

Foto: Wikimedia

“Ukrainaga jo‘natishimiz mumkin bo‘lgan harbiy texnikamiz oz qoldi. Boshqa tomondan, biz o‘z zaxiralarimizdan uskunalar jo‘natishning imkoni yo‘qligini (chunki mudofaa salohiyatimizni xavf ostiga qo‘ymoqchi emasmiz) xususiy kompaniyalarga taqdim etiladigan eksport litsenziyalari bilan qoplashga harakat qilamiz”, — dedi Chernoxova.

Uning tushuntirishicha, Chexiya Ukrainaga xususiy kompaniyalar orqali yordam berish imkoniga ega, bu haqda xorijdagi hamkorlar ham biladi. Chernoxovaning eslatishicha, Daniya avvalroq Ukrainaga Chexiya ishlab chiqaruvchilaridan sotib olingan 50 ta piyoda jangovar mashinasi, 2500 ta to‘pponcha, 7000 ta miltiq, 500 ta yengil pulemyot va 500 ta snayper miltiqlarini yuborgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »