Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chexiya mudofaa vaziri Yana Chernoxova Bosh assambleya tomonidan Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiya tufayli mamlakatni BMTdan chiqishga chaqirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Foto: www.jan-schebal.cz
“Uch hafta oldin HAMAS 1400 dan ortiq isroillikni o‘ldirdi, 11-sentyabrda "Al-Qoida" tomonidan AQSHdagi teraktda halok bo‘lgan aholidan ko‘proq qurbon. Faqat 14 davlat, jumladan bizniki ham HAMAS tomonidan sodir etilgan ushbu misli ko‘rilmagan hujumga aniq qarshilik ko‘rsatdi. Men BMT uchun uyalaman”, — dedi Chernoxova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chexiyaga “terrorchilarni” qo‘llab-quvvatlovchi va o‘zini himoya qilishning asosiy huquqini hurmat qilmaydigan tashkilotda o‘rin yo‘q.

27-oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi arab davlatlarining Falastin-Isroil mojarosi hududida zudlik bilan sulh tuzishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qabul qildi.

120 davlat, jumladan, O‘zbekiston uni yoqlab ovoz berdi, 45 davlat betaraf, 14 davlat qarshi chiqdi: Isroil, AQSH, Avstriya, Xorvatiya, Chexiya, Gvatemala, Vengriya, Marshall orollari, Mikroneziya, Papua-Yangi Gvineya, Paragvay, Tonga va Fiji. 

Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan bundan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining “endi qonuniylik yoki ahamiyati yo‘qligini” aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »