Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Livan janubidagi Qana shahrida Isroilning 1996-yilgi hujumlari oqibatida 100 dan ortiq, 2006-yilgi aviazarbalarida esa 28 kishi halok bo‘lgandi. Chegaradagi to‘qnashuvlar sabab aholi yangi urush va azob-uqubatlarga duchor bo‘lishdan qo‘rqmoqda.

Videodan kadr

Kana nomi bilan ham mashhur bo‘lgan shahar aholisi Isroil armiyasi va og‘ir qurollangan “Hizbulloh” guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘chog‘iga tushib qolgan.

“Urush chegarada olib borilmoqda. Balki hali navbatimiz kelmagandir, lekin bir necha kundan keyin nima bo‘lishini bilmaysiz. Kutasiz, xolos”, — dedi 2006-yilgi Isroil hujumida qizidan ayrilgan 57 yoshli ona Rabab Yusuf. “Ora-orada urush bo‘lib, kimdir oila a’zosini yo‘qotadi. Farzand dunyoga keltirasiz, ammo u siz bilan qoladimi- yo‘qmi, bilmaysiz”.

7-oktyabr kuni “Hizbulloh”ning ittifoqchisi HAMAS Isroilga raketa hujumlarini boshlaganidan so‘ng, Isroilning Livan bilan shimoliy chegarasida ham zo‘ravonlik avj oldi.  O‘shandan beri “Hizbulloh” Isroil harbiylari bilan otishma olib bormoqda. Hozirgacha chegara hududlarida “Hizbulloh”ning 40 dan ortiq jangchisi halok bo‘lgan, Isroil harbiylari esa kamida yetti nafar askaridan ayrilganini aytmoqda.

Chegara bo‘ylab zarbalar va qarshi hujumlar tutuni havoga ko‘tarilib turgan bir paytda, 55 yoshli temirchi G‘ozi Husayn Ai Dibh bunday manzarani avval ham ko‘rganini aytdi.

“Ko‘p urushlarni boshdan kechirganimiz uchun bu odatiy holga aylangan”, — dedi u.

2006-yilda u Isroil hujumida qurbon bo‘lgan bolalarning jasadini tashigan. O‘sha urushda 28 kishi halok bo‘lgandi, ularning yarmi bolalar edi.

Bundan o‘n yil oldin Qana yanada dahshatliroq voqeani boshdan kechirgan. 1996-yilda Isroil tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida yuzlab tinch aholi boshpana qilgan BMT tinchlikparvar kuchlari bazasiga zarba berildi va 106 kishi halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi.

Hodisa Isroil armiyasi Livanning janubiy qismini egallab olganida, ularga hujum uyushtirgan “Hizbulloh”ga qarshi operatsiyasi chog‘ida yuz berdi.

Hujumdan omon qolgan 56 yoshli Jamil Salameh shunday deydi:

“Hammasi xuddi bugun sodir bo‘lgandek ko‘z o‘ngimda. Ayniqsa, bolalar. Ularning o‘ldirilishi yurakni ezadi”.

Yana bir aholi vakili, 54 yoshli do‘kon egasi Kefah: “Xudo xohlasa, bu kunlar qaytmaydi” deb umid bildirdi.

U o‘zining to‘liq ismini aytishdan bosh tortib, shahar har qanday vaziyatga tayyor ekanini qo‘shimcha qildi.

“Bu yuqoridagi rahbarlarga bog‘liq. Agar urush bo‘lsa, biz bunga tayyormiz. Qo‘rqmaymiz”, — dedi u.

57 yoshli Sabah Krecht esa Livandagi chuqur iqtisodiy inqiroz tufayli ko‘pchilikning mamlakatni tark etishga qurbi yetmasligini aytdi:

“Qo‘rqyapmiz, ammo qayerga ham borardik. Bu safar ular qochishimiz uchun vaqt berishayotganga o‘xshaydi, ammo boshqa joyga ko‘chish moliyaviy jihatdan qiyin”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »