Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Reuters agentligining foto va videooperatori Issam Abdullohning Livan janubida ishlayotgan vaqtida o‘limi Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasidagi mojaro Livanga tarqalib ketishi xavfi katta ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bayonotida ta’kidlandi.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, AQSH Davlat departamenti “Livanda jurnalistlarning o‘limi haqidagi xabarlardan xabardor” va hukumat rasmiylari ushbu mavzu bo‘yicha ma’lumot to‘plash ustida ish olib bormoqda.

13-oktyabr kuni AFP agentligi Livandagi turli ommaviy axborot vositalari xodimlari guruhining o‘qqa tutilishi oqibatida AFP, Al-Jazeera telekompaniyasi va Reuters agentligining ikki nafardan jurnalisti yaralangani haqida xabar bergandi. Otishmani aynan kim amalga oshirgani aytilmagan.

Antoniu Guterrish 13 oktyabr oqshomida Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan suhbatda G‘azo sektori aholisiga zudlik bilan insonparvarlik yordamini yetkazishga chaqirdi. Shuningdek, u Isroilning G‘azo sektorining shimoliy qismlarini evakuatsiya qilish haqidagi chaqirig‘iga ochiqchasiga qarshi chiqdi. BMT bosh kotibiga ko‘ra, aholi zich joylashgan hududdagi 1,1 millionga yaqin odamga ta’sir qiladigan bunday harakat “o‘ta xavfli va ba’zi hollarda imkonsizdir”.

Shu bilan birga, Guterrish HAMAS tomonidan garovga olingan barcha shaxslarni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi va antisemitizm, musulmonlarga qarshi mutaassiblik va falastinliklar hamda Isroil o‘rtasidagi mojaro tufayli yuzaga kelgan barcha ko‘rinishdagi nafratning og‘zaki ifodalarini qoraladi.

Avvalroq Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi Falastinning HAMAS tashkiloti nishonlariga keng ko‘lamli hujumlar uyushtira boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »