Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvar urush boshlanganidan beri birinchi marta ochiq bayonot berdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: AFP

Sinvarning bayonotiga ko‘ra, HAMAS garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga almashtirishga tayyor. Tegishli taklifni HAMASning qurolli qanoti ham ilgari surgan edi.

“Biz zudlik bilan mahbuslar almashinuvi bo‘yicha bitim tuzishga tayyormiz, bunda Isroil qamoqxonalaridagi barcha falastinlik mahbuslar evaziga HAMAS qo‘l ostidagi barcha mahbuslar ozod qilinadi”, — dedi Sinvar.

BBC rus xizmatining taʼkidlashicha, bu Sinvarning urush boshlanganidan beri birinchi ommaviy bayonotidir. Isroil armiyasi G‘azo sektorida 229 ga yaqin kishi HAMAS tomonidan garovga olinganini ma’lum qilgan. HAMAS Isroilning bombardimonlari oqibatida G‘azodagi asirga olingan deyarli 50 kishi halok bo‘lganini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »