Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMASning qurolli qanoti agar Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan barcha falastinliklarni ozod qilsa, 7-oktyabrda o‘g‘irlab ketilgan asirlarni ozod qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Al-Arabia xabar berdi.

Foto: Getty Images

“Bizning qo‘limizdagi ko‘p sonli garovga olinganlar uchun dushman to‘lashi kerak bo‘lgan tovon barcha falastinlik mahbuslarni Isroil qamoqxonalaridan bo‘shatishdir”, — dedi Ezzidin al-Qassam brigadasi matbuot kotibi Abu Obeyda.

“Agar dushman bu mahbuslar faylini bir vaqtning o‘zida yopmoqchi bo‘lsa, biz bunga tayyormiz. Agar u buni bosqichma-bosqich amalga oshirishni istasa, bunga ham tayyormiz”, — dedi u.

Isroil armiyasiga ko‘ra, G‘azo sektorida 229 ga yaqin kishi HAMAS tomonidan garovga olingan. Ezzidin al-Qassam brigadasi Isroilning bombardimonlari oqibatida G‘azodagi asirga olingan deyarli 50 kishi halok bo‘lganini aytgan.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, 7-oktyabr kuni Xamas jangarilari chegarani kesib o‘tib, “1400 dan ortiq odamni o‘ldirgan”, asosan tinch aholini garovga olgan. Endilikda Isroil quruqlikdan bostirib kirishga hozirlik ko‘rmoqda.

G‘azodagi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7-oktyabrdan buyon Isroilning G‘azo sektoriga bergan javob zarbalarida 7700 dan ortiq odam halok bo‘lgan, ulardan 3500 ga yaqini bolalar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »