Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil G‘azoda quruqlikdagi amaliyotini kengaytirib, hududga tanklar va piyoda askarlarini yubordi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziriga tayanib, Associated Press xabar berdi.

Foto: Getty Images / Yoav Gallant

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallantga ko‘ra, “G‘azoda yer larzaga keldi” va HAMASga qarshi urush yangi bosqichga chiqdi.

“Biz urushning keyingi bosqichiga o‘tdik. Kecha G‘azo sektorida yer larzaga keldi. Yer ustida va ostidan hujum qildik. Isroil kuchlariga berilgan ko‘rsatmalar aniq. Kampaniya keyingi ko‘rsatmaga qadar davom etadi”, — dedi Yoav Gallant.

Isroil mudofaa vazirining tegishli bayonoti G‘azo shimolida to‘liq miqyosli quruqlik hujumiga aylanishiga signal beradi. Isroilning hujumlari qamaldagi G‘azoning 2,3 million aholisini dunyodan uzib qo‘ydi. Ilon Mask sektordagi aloqani tiklashga yordam berishini ta’kidladi. Falastin ma’muriyati va Starlink xizmati bilan bu borada hamkorlik olib borilmoqda.

Isroil zarbalari oqibatida G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar 7-oktyabrdan beri 7,700 kishidan oshdi. 27-oktyabrdan beri 377 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi. Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati ayollar va voyaga yetmaganlardir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »