Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning tinimsiz bombardimonida juda ko‘p odam halok bo‘lgani sababli G‘azo bo‘ylab o‘likxonalar to‘lib ketdi. Go‘rkovlar marhumlarning shaxsini aniqlash va dafn etish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

G‘azo shahridagi Al-Shifo kasalxonasi shifokori Yosir Ali muzqaymoq furgonlarida oq kafanga o‘ralgan, ismlari ko‘k rangli marker bilan yozilgan jasadlar saqlanayotganini aytdi.

“Biz kasalxonaga har kuni olib kelinayotgan ko‘plab jasadlarni saqlab qolish uchun muzqaymoq fabrikalaridan muzqaymoq furgonlarini olib keldik. Bu muzlatkichlarga qaramay, jasadlar soni sig‘imdan oshib ketmoqda.

Bundan tashqari, har kuni 20-30 nafar jasad ko‘chadagi chodirlarga to‘planadi. Yuk mashinalari ichida ko‘plab noma’lum jasadlar bor, ularning ko‘rinishidan shaxsiga aniqlik kiritish qiyin. Ularni to‘g‘ri usulda dafn qilish kerak”, — dedi u.

Foto: Reuters

Alining so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida haqiqiy gumanitar inqiroz hukm surmoqda. 

“G‘azoni falokat kutmoqda. Agar bu urush davom etsa, biz o‘liklarni dafn eta olmaymiz”, — dedi u.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »