Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning aytishicha, G‘azo sektoriga qarshi davom etayotgan Isroil agressiyasi butun mintaqani nazoratdan chiqarib yubormoqda. U arab va islom davlatlarini HAMASni qurol-yarog‘ va moliya bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Foto: “TASS”
 “G‘azoda qarshilik davom etmoqda. Men arab va islom xalqlari va dunyoning ozod xalqini... bu qarshilikni qo‘llab-quvvatlashga hamda ushbu inqilobni pul, qurol bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, — deb yozadi Haniya.

Harakat rahbari, shuningdek, G‘azo bilan chegarada nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish va mintaqaga “kerak bo‘lgan hamma narsani cheklovlarsiz va shartlarsiz” yuborishga chaqirdi.

U elektr va suv ta’minoti qayta tiklanishini talab qilmoqda.

“Men barcha prezidentlar, yetakchilar, ziyoli yetakchilar va fikr bildiruvchilarni Falastin qarshiligi hamda HAMASning qonuniyligini aniq va so‘zsiz tasdiqlashga chaqiraman”, — deya qo‘shimcha qildi Haniya.

Kecha, 26-oktyabr kuni HAMAS vakillari Moskvaga tashrif buyurgani xabar qilindi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan HAMAS vakillarini “zudlik bilan chiqarib yuborish”ni talab qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »