Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastindagi HAMAS harakati 3-4 oylik janglar uchun yoqilg‘i, oziq-ovqat va dori-darmonlar zaxirasiga ega. Bu haqda arab va g‘arb rasmiylariga tayanib, The New York Times xabar berdi.

Foto: Getty Images
“HAMASda avtomobillar va raketalar uchun yuz minglab gallon yoqilg‘i (taxminan 380 ming litr), o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va ularni ko‘proq ishlab chiqarish uchun materiallar, oziq-ovqat, suv va dori-darmon zaxiralari bor”, — dedi ismini oshkor etmagan rasmiylar.

Ta’kidlanishicha, HAMAS o‘nlab kilometr yerosti tunnellarini qurishga yillar sarflagan va u yerda uzoq davom etgan jang uchun zarur bo‘lgan deyarli hamma narsani to‘plagan. Avvalroq Isroil mazkur tunnellarni suv bilan to‘ldirmoqchiligi, u yerda asirlar saqlanayotgani xabar qilingandi.

Livanning ismini oshkor etmagan yuqori martabali amaldoriga ko‘ra, “HAMASning 3-4 oy davomida jangovar harakatlarni davom ettirish uchun yetarli zaxirasi bor”.

Shuningdek, HAMAS yerosti bunkerlarida o‘z qurollarini ishlab chiqarishni va ularni ilg‘or Isroil kuzatuv tizimlaridan himoya qilishni ham o‘rgangani ta’kidlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »