Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 28-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Paxtakor” safarda “Al-Ayn” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Elsa Halfan hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim BAA klubi foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda “sherlar” birin-ketin gollarni ura boshladi. 

Dastlab, 55-daqiqada Hojimat Erkinov o‘z hisobiga gol yozdirgan bo‘lsa, 61-daqiqada Hojimat ikkinchi bor darvozani ishg‘ol qildi. 78-daqiqada Dragan Cheran ham gol urdi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va “Paxtakor” g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 7 taga yetkazdi va A guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.

“Navbahor” o‘z maydonida “Al-Hilol”ni mehmon qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Saudiyaliklar safida Malkom va al-Davsari o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Namangan klubi ushbu mag‘lubiyatdan keyin 10 ochko jamg‘argan holda D guruhida 2-o‘rinda bormoqda.


OCHL

5-tur bahsi

28-noyabr, seshanba

“Al-Ayn” – “Paxtakor” 1:3

Gollar: 1:0 — 18 Halfan, 1:1 — 55 Erkinov, 1:2 — 61 Erkinov, 1:3 — 78 Cheran.

“Al-Ayn”: 1. Muhammad Bu Sanda, 4. Muhammad Ali Shokir, 8. Muhammad al-Balushi, 10. Alexandro Romero, 11. Bandar al-Ahbobi, 27. Sulton al-Shamsi (20. Matias Palasios, 62), 40. Holid Ali al-Balushi, 42. Jonatas Santos, 66. Mansur Said (16. Holid al-Hoshimi,62), 70. Alen Traore, 90. Eysa Halfan (99. Josna Loulendo, 66).

“Paxtakor”: 36. Pavel Pavlyuchenko, 88. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Dilshod Saitov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 28. Diyor Xolmatov, 2. Behruzbek Asqarov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 20. Hojimat Erkinov, 10. Dragan Cheran.

Ogohlantirishlar: Shahzod Azmiddinov (10), Mansur Said  (19), Behruz Asqarov (45+2), Josna Loulendo (69).

“Navbahor” – “Al-Hilol” 0:2

Gollar: 0:1 — 68 Malkom, 0:2 — al-Davsari.

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 8. Ibrohim Yo‘ldoshev, 13. Filip Ivanovich, 5. Milosh Milovich, 22. Igor Golban, 10. Jamshid Iskanderov, 77. Asadbek Sobirjonov (7. Oston O‘runov 46), 23. Yovan Jokich, 17. Abror Ismoilov (19. Doniyor Abdumannopov 70), 14. Jamshid Boltaboyev, 91. Toma Tabatadze (21. Temurxo‘ja Abduxoliqov 82).

“Al-Hilol”: 37. Yassin Bunu, 2. Muhammad al-Burayk, 3. Kalidu Kulibali, 5. Ali al-Bulayhi, 66. Saud Abdulrahmon, 28. Muhammad Kanno, 22. Sergey Milinkovich-Savich, 29. Salim al-Davsari, 56. Muhammad al-Qahtoni (77. Malkom 68), 14. al-Hamdan, 11. Saud al-Shehri (9. Aleksandar Mitrovich 68).

Ogohlantirishlar: Yovan Jokich (10), Ibrohim Yo‘ldoshev (30), Muhammad al-Qahtoni (58), Filip Ivanovich (66), Muhammad al-Burayk (80), Saud Abdulrahmon (84).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »