Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yarim yengil vazn toifasida ringga chiqib kelayotgan Otabek Xolmatov navbatdagi jangini kamar uchun o‘tkazishi xabar qilingandi.

Xolmatov vakant qolgan WBA kamari uchun Raymon Ford bilan jang qiladi.

Ushbu jangni tashkil etish huquqi uchun promouterlik savdosi o‘z yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi jangni tashkil qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Kompaniya 317 500 dollar evaziga auksionda g‘olib bo‘ldi. 

Mazkur savdoda Ford faoliyat olib boradigan Matchroom kompaniyasi 255 555 dollarlik taklif bilan ishtirok etdi. Ammo yakunda Top Rank g‘olib bo‘ldi. Gonorarlar bokschilarga 50/50 ko‘rinishida taqsimlanadi.

Hozirda jangni tashkil etish uchun uchta sana ko‘rib chiqilmoqda: Verona (2-mart), Nyu-York (16-fevral) va Ar-Riyod (17-fevral). 

Ma’lumot uchun, 17-fevral kuni Ar-Riyodda o‘tkaziladigan boks oqshomining asosiy to‘qnashuvida Tayson Fyuri va Oleksandr Usik superog‘ir vaznning mutlaq chempionligi uchun jang qiladi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »