Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yana uch ming chechen jangchisini Ukrainadagi jangovar hududga jo‘natishga tayyorligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jangchilar allaqachon Rossiya Mudofaa vazirligi va Rossiya Milliy gvardiyasining yangi bo‘linmalari tarkibida xizmat qilishni boshlagan.

Arxiv foto: Telegram
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligiga bo‘ysunuvchi ikkita yangi polk — “Axmat-Rossiya” va “Axmat-Checheniston”, shuningdek, Shayx Mansur batalyonining shaxsiy tarkibini tashkil etishda qatnashganimda bunga shaxsan ishonch hosil qildim. Bu yerda Milliy gvardiya qo‘shinlarining Shimoliy Kavkaz okrugiga qarashli Baysangur Benoyevskiy nomidagi yangi tezkor batalyon askarlari ham shay, — deb yozdi respublika rahbari Telegram’da.

Qodirovning aytishicha, yangi bo‘linmalar jangchilarining aksariyati harbiy amaliyotlarda qatnashish tajribasiga ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, askarlarni Rossiya maxsus kuchlari universiteti instruktorlari tayyorlagan.

“Ular allaqachon jangovar hududga borishga tayyor”, — deya qo‘shimcha qildi Checheniston rahbari.

Ramzan Qodirov Baysangur Benoyevskiy nomidagi batalyon tashkil etilishi haqida oktyabr oxirida ma’lum qilgandi. Bo‘lim Rossiya gvardiyasi tarkibiga kiritildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, batalyon 300 nafar jangchidan iborat.

Shuningdek, oktyabr oyi oxirida Checheniston rahbari Shayx Mansur nomidagi batalyon tashkil etilishini e’lon qildi. Davlat Dumasi deputati Adam Delimxanovning aytishicha, tuzilmaga siyosatchi Boris Nemsovning o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan “Sever” batalyoni komandirining sobiq o‘rinbosari Ruslan Geremeyev boshchilik qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »