Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hech kimga sir emas, Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, uning sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy etish va xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar e’tiborga loyiq.

Muhimi, yangi texnologiyalarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash tufayli fuqarolar qulayroq va arzon transportdan foydalanishlari mumkin. Bu esa transport vositalari harakati va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga yordam beradi. Ko‘rilayotgan choralar XXI asrda jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan barqaror va zamonaviy shahar transport tizimlarini rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.

Jamoat transportining jozibadorligini oshirish va avtobuslarning muntazam va bir maromda harakatinini tashkil etish maqsadida, 2023 yilda Toshkent shahrida avtobuslar uchun 48,2 km (Amir Temur ko‘chasi – 10,4 km, Axmad Donish – 8,5 km, Navoiy, Beruniy – 6,2 km, Mirzo Ulug‘bek, Feruza, Yuzrabod, Mahtumquli – 23 km) alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etildi.

Foto: Daryo

Paxtakor, Beruniy, Rohat, Choshtepa, Qipchoq, Sergeli metro bekatlari yonida zamonaviy transport-o‘tish bog‘lamalari qurilib, ushbu transport-o‘tish bog‘lamalariga 50 ta avtobus yo‘nalishlari bog‘lanib, kunlik 192 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilmoqda. 

Toshkent shahrida mavjud 396 ta avtobus oraliq bekatlari tartibga keltirilib, bekatlarda yo‘lovchilar uchun to‘siqsiz va xavfsiz muhit yaratildi.

Tirbandligi yuqori bo‘lgan chorrahalarni geometrik parametrlari qaytadan o‘rganib chiqilib, 40 ta chorraha qaytadan rekonstruksiya qilindi.

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib etish maqsadida, shahar markaziy ko‘chalari va aholi yashash mavzelari atrofida 1 233,5 km uzunlikdagi velosiped va piyodalar yo‘laklari tashkil etildi.

Davlat muassasalari, oliy-ta’lim, ko‘ngil ochar maskanlar, savdo markazlari va istirohat bog‘larida jami 240 ta veloturargohlar tashkil etildi.

Toshkent shahar jamoat transporti tizimini to‘liq raqamlashtirish maqsadida bir qancha dasturiy ta’minotlarlar amaliyotga joriy etildi, jumladan:

1. Avtomatlashtirilgan markaziy nozimlik tizimi –ASDUM:

Tizim maqsadi: Yo‘nalishlar harakatini nazorat qilish.

Tizim funksionali: Avtobuslarni yo‘nalish kesimida onlayn monitoring qilish, yo‘nalishdagi jadvallar soniga muvofiqligini nazorat qilish, yo‘nalish harakat tarixi va intervallarga rioya etilishi tahlil qilish.

2. Korxona resurslarini boshqarish tizimi – ERP 1C:WE:

Tizim maqsadi: korxona ish jarayonlarini raqamlashtirish orqali yoqilg‘i-moylash, ehtiyot qismlarni harajatini nazorat qilish va korxona resurslarini boshqarish.

Tizim funksionali: yo‘nalishga chiqish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish, ish vaqti va ish xaqi hisobini yuritish, ishchi o‘rinlarini avtomatlashtirish va moliyaviy hisobotlarni shaffoflashtirish.

3. Yo‘l harakati qoidalarini nazorat qilish tizimi – PT Control:

Tizim maqsadi: yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik holatlari bo‘yicha videolavhalarni saqlash va IIVning Ma’muriy amaliyot tizimiga uzatish.

Tizim funksionali: yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik bo‘yicha billing tizimi, yuridik shaxslarning billing tizimi orqali yuklangan videolavhalarni saqlash va yuklash imkoniyati.

4. Interaktiv tahlil tizimi - MAGNETIC NORTH:

Tizim maqsadi: transport ishini tashkil etish va tahlil qilish.

Tizim funksionali: yo‘nalishdagi avtobuslarni onlayn ko‘zatish, avtobus ishini rejalashtirish, avtobus ish tartibini tuzish, yo‘nalishdagi yo‘lovchilarni hisobini avtobus, avtobus bekati, yo‘nalish va avtobus saroyi kesimida tahlil qilish, avtobus saloni va haydovchini onlayn kuzatish va haydovchi bilan VoIP tizimi orqali bog‘lanish.

5. Bir qancha dasturiy ta’minotdagi interaktiv ma’lumotlarni vizuallashtirish va tahlil qilish – QLIK SENSE:

Tizim maqsadi: Interaktiv ma’lumotlarni vizuallashtirish va tahlil qilish.

Tizim funksionali: yo‘l xaqi to‘lovlarini yo‘nalish, avtobus va avtobus saroyi kesimida tahlil qilish, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik bo‘yicha jarimalar, xaydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish bo‘yicha ma’lumotlar, transport ishiga tegishli ma’lumotlarni turli vaqt va davr mobaynida, yo‘nalishlar va avtobuslar kesimida tahlil qilish.

Yo‘llarni yangilash va jamoat transporti tarmog‘ini kengaytirish tirbandlikni kamaytirishga va yo‘l o‘tkazuvchanligini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida shahar aholisi uchun qatnov vaqtini qisqartiradi.

Bundan tashqari, yo‘llarni yangilash va transport infratuzilmasini kengaytirish barcha yo‘l harakati qatnashchilari, jumladan, haydovchilar, piyodalar va velosipedchilar uchun xavfsizlikni yaxshilaydi.

Velosiped va jamoat transporti kabi yashil sayohat variantlarini targ‘ib qilish, shuningdek, umumiy transport infratuzilmasini yaxshilash emissiyalarni kamaytirish va shahardagi havo sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Shunday qilib, transport infratuzilmasini takomillashtirish nafaqat transport tizimining samaradorligi va qulayligini oshiradi, balki shahar xavfsizligi, qulayligi va ekologik barqarorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »