Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat boshdan kechirayotgan “eng qiyin demografik muammolar” haqida gapirdi. Ularni yengish uchun, Putinning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p bolali oilalar an’anasini qayta tiklash zarur. Bu haqda u 28-noyabr kuni Butunjahon rus xalqi kengashi yig‘ilishidagi chiqishida aytdi, deb yozadi The Moscow Times.

Foto: RIA Novosti

Putin bir necha avlod oldin rus oilalarida yetti-sakkiz, hatto undan ham ko‘proq farzand bo‘lganini esladi.

Keling, bu ajoyib an’analarni qayta tiklaylik. Ko‘p bolali va katta oilalar Rossiyaning barcha xalqlari uchun odatiy holga, turmush tarziga aylanishi kerak, — deya Putinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kreml matbuot xizmati.

Shu bilan birga, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, demografik muammolarni faqat pul, nafaqa, ijtimoiy to‘lovlar yordamida hal qilish “imkonsiz”. 2018-yildan buyon amalda bo‘lgan va budjetdan 4 trillion rubl sarflaydigan “Demografiya” milliy loyihasi hozircha mamlakatni demografik tuynukdan olib chiqishga ojizligini isbotlagan.

The Moscow Times maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning birinchi yarmida Rossiyada tug‘ilgan bolalar soni yana 3 foizga kamayib, 616,2 ming nafarga yetgan, iyun oyida esa bu kuzatuvlar tarixidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi – 104,4 ming, bu o‘tgan yilga nisbatan 6,7 foizga kam.

Qayd etilishicha, Rossiyada bolalar tug‘ilishi Qrim anneksiya qilinganidan keyin muttasil qisqarib bormoqda va shundan so‘ng deyarli uchdan birga kamaydi: 2014-yildagi 1,942 milliondan 2022-yilda 1,306 milliongacha. Joriy yilning oxirida, Rosstat prognoziga ko‘ra, tug‘ilishlar soni 1,244 millionga kamayib, 1990-yillardan beri minimal darajaga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya razvedkasi maʼlumotlariga ko‘ra, noyabr oyi davomida Ukrainadagi urushda har kuni o‘rtacha 931 nafar rossiyalik halok bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »