Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Adliya vazirligi mahkumlar uchun elektron bilaguzuklarni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Foto: Telegram

Tegishli qonun loyihasi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangandan keyin Qirg‘iziston parlamentiga ko‘rib chiqish uchun taklif qilindi. Qirg‘iziston Adliya vazirligi vakillarining ta’kidlashicha, agar qonun loyihasi parlament a’zolari tomonidan ma’qullansa, bu sud jarayonlarining turli jihatlarini raqamlashtirish va optimallashtirish uchun sharoit yaratadi. Jumladan:

  • Elektron bilaguzuklar amalda faol qo‘llanadi;
  • Uncha og‘ir bo‘lmagan, zo‘ravonlik tahdidi bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar va shunga o‘xshash holatlar bo‘yicha qamoqdagi mahbuslar soni kamayadi;
  • Sud tomonidan oqlangan taqdirda, noqonuniy ushlab turish oqibatlari minimallashtiriladi;
  • Tegishli infratuzilmaga bosim sezilarli darajada kamayadi.

Shuningdek, bunday qurilmalar maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishda, ayrim shaxslarning muayyan subyektlar, shaxslar yoki hududlarga kirishini cheklashda samarali vosita bo‘lishi qayd etilgan.

Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, elektron bilaguzuklar va shunga o‘xshash qurilmalar jinoyat qonunchiligi va “elektron kuzatuv” deb nomlangan yangi profilaktik chora sifatida 2024-yildayoq joriy etilishi mumkin.

Qirg‘izistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, gadjetlardan allaqachon sudlangan shaxslarga nisbatan jinoiy ish yuritishda ham foydalanish mumkin. May oyi boshida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasida rasmiylar elektron bilaguzuklardan foydalangan holda gumonlanuvchilarni kuzatishning innovatsion tizimini joriy etish masalasini muhokama qilgan. Uchrashuvda ushbu qurilmalar gumonlanuvchilarning joylashuvi, harakati va faoliyatini kuzatishda qo‘llanishi ta’kidlangan.

Ushbu texnologiya rejimni buzish holatlarini kamaytirish va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Qirg‘iziston adliya vaziri Ayaz Bayetovning taʼkidlashicha, elektron bilaguzuklar “tezkor-tergov tadbirlari doirasida gumonlanuvchilarni kuzatishning majburiy vositasiga aylanishi, oilaviy va gender asosidagi zo‘ravonlik holatlarini kamaytirishga yordam beradi”.

Eslatib o‘tamiz, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlangan shaxslarga nisbatan elektron kuzatuv qo‘llanmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »