Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektorida ko‘chirilganlar soni 1,8 millionga yetdi, bu anklav aholisining 80 foizini tashkil qiladi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) ma’lum qildi.

“Aniq hisobni olish qiyin, jumladan, ichki ko‘chirilganlarni kuzatishda qiyinchiliklar mavjud. Baʼzilar mezbon oilalar bilan yashab, gumanitar pauza vaqtida o‘z uylariga qaytgan bo‘lsa ham, BMTning Falastinga yordam va ishlar agentligi boshpanalaridagi ro‘yxatda qolib ketgan”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Foto: Reuters

Avvalroq agar Isroil G‘azo janubida operatsiya boshlasa, tinch aholini G‘azo sektori shimoliga qaytarishga ruxsat berilishi ma’lum bo‘lgan edi.

CNN telekanali isroillik va amerikalik siyosatchilar G‘azo janubiga ommaviy ravishda qochgan tinch aholini himoya qilish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »