Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga uning G‘azo sektori janubida urush boshlashga tayyorlanayotganidan xavotirda ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Amerikaning Axios nashri. Jurnalistlarga ko‘ra, Bayden Isroil rahbariyatini Falastin anklavining janubida keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarni boshlamaslikka undamoqda.

Foto: EPA

Axios suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Binyamin Netanyaxu bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida Bayden unga Isroil armiyasi hozirda G‘azo sektori janubida quruqlikdan to‘liq hujum operatsiyasini o‘tkaza olmasligini, bunday hujum “millionlab falastinliklarning muqarrar o‘limiga” olib kelishi mumkinligini aytgan.

Bayden Netanyaxuga Isroilning G‘azo shimolidagi xatti-harakatlari, jumladan, keng ko‘lamli hujumni anklavning janubiy qismida takrorlash mumkin emasligini aytdi, chunki u yerda millionlab falastinliklar bor, — deydi anonimlik sharti bilan Amerika rasmiylaridan biri nashrga.

Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi urush 7-oktyabrdan beri davom etmoqda. Isroil tomonida qurbonlar soni 1,4 ming kishiga baholanmoqda, Falastin 15 mingdan ortiq qurbonlar haqida xabar berdi. 22-noyabr kuni tomonlar garovga olinganlarni Isroilga topshirish evaziga insonparvarlik yordami yetkazib berish va falastinlik mahbuslarni Isroil qamoqxonalaridan ozod etishni nazarda tutuvchi vaqtinchalik sulhga kelishib oldi. 30-noyabrga o‘tar kechasi HAMAS asirlarning oltinchi guruhini ozod qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »