Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-dekabr kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri efir va katta matbuot anjumani o‘tkazadi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Ma’lum qilinishicha, Putin yil yakunlarini sarhisob qiladi. Bu televizion kanallarining dasturi bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri efir va prezidentning yakuniy matbuot anjumanini birlashtirgan formatda bo‘ladi. Butunrossiya xalq fronti ijroiya qo‘mitasi rahbari Mixail Kuznetsovga ko‘ra, “feyk va raqiblarning aralashuviga qarshi kurashish uchun jangovar guruh tuzilgan”. U “bo‘layotgan voqeaga aloqasi yo‘q, lekin vahima qo‘zg‘atadigan” savollarni tekshiradi.

Kuznetsovning ta’kidlashicha, Putinning o‘zi javob beradigan savollarni unga taqdim etilgan ro‘yxatdan tanlaydi. SHOT maʼlumotlariga ko‘ra, Peskov “hatto Zelenskiy ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa paytida Putinga savol bera oladi”, degan. U dunyoning istalgan nuqtasidan Putinga savol berish mumkinligiga ishontirmoqda. Biroq Peskov savollar sinchkovlik bilan filtrlanishiga aniqlik kiritmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »