Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Putin 2024-yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovi natijalarini bilmaguncha, Ukraina bilan tinchlik shartnomasi tuzmaydi. Bu haqda AQSH davlat departamentining yuqori martabali rasmiysi yopiq matbuot anjumanida gapirdi.

Foto: Delta
“Putin bizning saylovlarimiz natijalarini ko‘rmasdan turib tinchlik bitimiga yoki mazmunli tinchlik kelishuviga erisha olmaydi, deb kutyapman”, — deya Reuters agentligi nomini oshkor qilmaslik sharti bilan jurnalistlarga intervyu bergan rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Davlat departamenti vakilining aniqlik kiritishicha, bu nafaqat uning shaxsiy fikri, balki “keng tarqalgan nuqtayi nazar”dir.

“28-noyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida barcha ittifoqchilar aynan ushbu kontekstda Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

AQSH davlat departamenti bayonoti boshqa respublikachilar singari Kiyevga keng ko‘lamli harbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshi bo‘lgan Donald Trampning Oq uyga qaytishi mumkinligi haqidagi qo‘rquv kuchayib borayotgan bir paytda yangradi, deydi Reuters.

Qo‘shma Shtatlardagi joriy ijtimoiy so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, Donald Tramp va amaldagi davlat rahbari Jo Baydenning prezidentlikka saylanish imkoniyatlari taxminan teng.

AQSH Ukrainaning eng yirik harbiy donoridir. Oq uy maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining boshidan beri Jo Bayden maʼmuriyati Kiyevga yordam berish uchun 60 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratgan va bu mablag‘larning 96 foizi sarflangan.

AQSH Kongressi Ukraina va Isroilga harbiy yordam paketlarini o‘z ichiga olgan yillik budjetni hali qabul qilgani yo‘q. Oktyabr oyida Bayden Kongressdan Ukrainaga yordam berish uchun 61,4 milliard dollar, Isroilga yordam berish uchun esa 14,3 milliard dollar ajratishni so‘ragandi. Noyabr oyi boshida respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi Isroilga 14,3 milliard dollar ajratish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi. Ukrainaga yordam berish ushbu qonun loyihasiga kiritilmadi. Demokratlar bu hujjatni Senatda bloklashdi.

17-noyabr kuni Bayden federal hukumatni vaqtincha moliyalashtirishni davom ettirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, unga Isroil va Ukrainaga yordam xarajatlari kirmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »