Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil razvedka xizmatlari “Mossad” Falastinning HAMAS harakati yetakchilarini qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, qidirish va o‘ldirishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal Isroil rasmiylariga tayanib, xabar berdi. “Ov” urush tugaganidan keyin boshlanishi rejalashtirilgan.

HAMAS yetakchisi Ismoil Xaniya
Foto: Anadolu

Manbalarga ko‘ra, bunday buyruq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tomonidan berilgan, ayni paytda Isroilning yuqori razvedka idoralari Livan, Turkiya va Qatarda yashovchi HAMAS yetakchilarini qidirish bo‘yicha rejalar ustida ishlamoqda.

Ishlab chiqilayotgan “qotillik kampaniyasi” Isroil yashirin operatsiyalarining davomi bo‘lib, Gollivud filmlariga o‘xshaydi, deya qayd etdi WSJ. Gazeta manbalariga ko‘ra, 2010-yilda Dubayda HAMAS yetakchisi Mahmud al-Mabhuhni sayyoh qiyofasidagi isroillik maxsus agentlar o‘ldirgan. Razvedka xizmatlari Suriyada 2008-yilda “Hizbulloh” yetakchisi Imad Mungie, 2020-yilda eronlik yadro olimi Mohsen Faxrizodaning o‘limida ham ishtirok etgan.

WSJ yillar davomida Qatar, Livan, Eron, Rossiya va Turkiya kabi davlatlar HAMASga “bir oz himoya” berganini eslatdi, Isroil esa diplomatik janjallardan qochish uchun harakat yetakchilariga hujum qilishdan o‘zini tiygan. Biroq 7-oktyabrdan keyin vaziyat o‘zgardi — Netanyaxu “Mossad”ga “qayerda bo‘lmasin, HAMAS yetakchilariga qarshi harakat qilish”ni buyurdi.

 “Butun dunyoda nafaqat G‘azo sektoridagi terrorchilarga ham, balki samolyotlarda uchayotganlarga ham qarshi kurash olib borilmoqda”, — dedi Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallan 22-noyabr kuni.

WSJ manbalariga ko‘ra, ba’zi Isroil rasmiylari 7-oktyabrdan keyin darhol xorijdagi HAMAS yetakchilariga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan, ammo bu boradagi muhokamalar hali ham davom etmoqda.

“HAMASni global miqyosda ta’qib qilish va uning barcha yetakchilarini muntazam ravishda yo‘q qilishga urinish strategik maqsadga erishish istagi emas, balki qasos olish istagi”, — dedi “Mossad” sobiq direktori Efraim Halevi gazetaga.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »