Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil razvedka agentligi Mossad Falastinning HAMAS guruhi yetakchilarini ta’qib qilish bo‘yicha buyruq oldi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga tayanib, The Jerusalem Post xabar berdi.

HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvar (markazda)
Foto: Ynet
“Men Mossadga HAMAS yetakchilariga qarshi ular turgan joyda harakat qilishni buyurdim. Bu qiyin, ammo to‘g‘ri qaror”, — deya Netanyaxu Isroil ularni G‘azodan tashqarida, jumladan, Qatarda ham nishonga olishi mumkinligiga ishora qildi.

U Isroil armiyasi jangovar harakatlardagi pauza vaqtida HAMAS yetakchilarini o‘ldirishga harakat qiladimi yoki u tugagunga qadar o‘z sa’y-harakatlarini to‘xtatadimi, degan savollarni chetlab o‘tdi.

“Biz barcha maqsadlarimizga erishmagunimizcha urush davom etadi: barcha garovga olinganlarni qaytaramiz, HAMASni yo‘q qilamiz va ertasi kuni HAMASni qo‘llab-quvvatlovchi, farzandlarini terrorizm uchun tarbiyalayotgan va terrorchilarga yoki ularning oilalariga maosh to‘layotgan hech bir element G‘azoni nazorat qila olmaydi”, — dedi u.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo endi Isroil uchun tahdidga aylanmaydi, sektor janubi va shimolida ham xavfsizlik tiklanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »