Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“HAMAS va Isroil o‘rtasidagi janglar davom etmoqda. Isroil o‘z diqqat markazini G‘azo janubiga qaratmoqda, u yerda olti haftalik urushning eng og‘ir bosqichi boshlanyapti, chunki chuqurlashib borayotgan gumanitar inqiroz sharoitida jangchilarni mag‘lub etish va garovga olinganlarni qaytarish murakkab jarayon bo‘lishi mumkin”, — deyiladi The Wall Street Journal nashridagi xabarda.

Isroil qo‘shinlari asosan G‘azo sektorining shimoliy qismini nazoratga olishga muvaffaq bo‘ldi, biroq ular HAMASning harbiy salohiyatini faqat qisman yo‘q qildi va uning ko‘plab yetakchilarini zararsizlantirmadi, deyiladi maqolada.

Foto: AP

“So‘nggi kunlarda isroillik qo‘mondonlar HAMAS jangchilari janubga qochgan degan fikrda o‘z qo‘shinlarini o‘sha tomonga siljishga buyruq berdi. Ammo Isroil harbiylari kirib kelishi bilan HAMAS jangchilari aholi zich joylashgan joylarga yoki yerosti tunnellariga yashirinib olgan”, — deyiladi materialda.

Jurnalist manbalarining aytishicha, janubda HAMAS jangchilari qattiq qarshilik ko‘rsatishi kutilmoqda, chunki ularda jang qilishdan boshqa variantlar qolmaydi.

Shuningdek maqolada aytilishicha, G‘azo sektorining janubiy qismida tinch aholi ko‘p bo‘lganligi sababli Isroilning harbiy harakatlar olib borishi yanada murakkablashadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »