Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil so‘nggi haftalarda HAMASga qarshi urushni moliyalashtirish uchun milliardlab dollar zayom oldi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Foto: PBS

Gap xalqaro investorlardan 6 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb etish haqida bormoqda. Bunga 5,1 milliard dollarlik uchta yangi obligatsiya, dollar va yevrodagi mavjud obligatsiyalarning oltita qo‘shimcha chiqarilishi, shuningdek, AQSH tashkiloti orqali 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiradi.

Ta’kidlanishicha, obligatsiyalar xususiy kelishuvlar asosida chiqarilgan, bunda qimmatli qog‘ozlar davlat bozorida emas, balki tanlangan investorlarga taklif etiladi. Bu pulni tezroq qo‘lga kiritish va e’tiborni jalb qilmaslik maqsadida amalga oshirilgan. Bitimlarning yakuniy qiymati oshkor etilmagan. Bankirlar narxni ochiq kelishuvga mos ravishda belgilaganini aytgan.

Isroil to‘rt va sakkiz yil ichida muddati tugaydigan obligatsiyalar bo‘yicha 6,25 va 6,5 foiz kuponlarni to‘laydi. Bu chiqarilgan vaqtida 4,5 foizdan 4,7 foizgacha bo‘lgan AQSH g‘aznachiligining bazaviy obligatsiya daromadidan ancha yuqori. Financial Times’ga ko‘ra, bitimlar Goldman Sachs va Bank of America tomonidan tashkil etilgan.

“Urush davom etayotganini hisobga olsak, bozor hali ham Isroil qarziga juda yuqori baho qo‘yadi”, —  dedi ismi sir qolishini so‘ragan dunyodagi eng yirik investitsiya banklaridan birining strategi.
  • Isroil Moliya vazirligining ma’lum qilinishicha, Falastin guruhi bilan urush Isroilga 200 milliard shekel (51 milliard dollar)ga tushadi. Konflikt sakkiz oydan bir yilgacha davom etsa, G‘azo sektoridan tashqariga tarqalmasa va 350 ming zaxiradagi askar tez orada ishga kirishsa, shuncha mablag‘ kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »