Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Moliya vazirligi HAMAS bilan urush bir yilgacha davom etishi uchun qancha mablag‘ ketishini hisoblab chiqdi. Bu haqda Calcalist xabar berdi.

Foto: Anadolu

Ma’lum qilinishicha, Falastin guruhi bilan urush Isroilga 200 milliard shekel (51 milliard dollar)ga tushadi. Konflikt sakkiz oydan bir yilgacha davom etsa, G‘azo sektoridan tashqariga tarqalmasa va 350 ming zaxiradagi askar tez orada ishga kirishsa, shuncha mablag‘ kerak bo‘ladi.

Tegishli prognozni budjetga 160 milliard shekel (40,8 milliard dollar) tushgan koronavirus pandemiyasining oqibatlari bilan solishtirish mumkin. Pandemiya urush prognoziga nisbatan ikki yil davom etgan.

“Bundan tashqari, blokirovkalar tugagandan so‘ng, barcha to‘liq iqtisodiy faoliyatga qaytdi, sanoat, investitsiyalar, iste’mol va bandlik darajasi tezda tiklandi; 2021–2022-yillar uchun yalpi ichki mahsulot real ko‘rinishda 15 foizga o‘sdi”, — deyiladi xabarda.

Moliya vazirligi jangovar harakatlardan tiklanish sekin kechishini va urush tugashi bilan iqtisodiyot urushdan oldingi tendensiyalarga qaytmasligini ta’kidladi. Isroil xavfsizlik sektoriga eng ko‘p mablag‘ sarflashi kerakligi ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »