Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil quruqlikdagi qo‘shinlari HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy lagerlaridan birini nazorat ostiga oldi. Bu haqda mamlakat armiyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, nazorat ostiga olingan hududda kuzatuv punktlari, jangovar mashg‘ulotlarni o‘tkazish mo‘jallangan maydonchalar va guruh tomonidan foydalanilgan yerosti tunnellari mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviazarba oqibatida bir necha kishi, jumladan, maxsus operatsiyaga javobgar Jamol Musso ham o‘ldirilgan. U HAMASning maxsus xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

“Bundan tashqari, Isroil harbiylari quruqlikdagi janglarda HAMAS batalyonlari komandirlarini ham o‘ldirdi”, — deyiladi xabarda. Qiruvchi samolyotlar bir sutka davomida 450 dan ortiq obyektga hujum uyushtirgan.

O‘tgan haftadan beri Isroil armiyasi G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyalarni kengaytirdi. Ular HAMASning o‘nlab jangarilarini yo‘q qilgani va G‘azo sektoridagi HAMAS infratuzilmasini vayron qilganini bildirdi. Falastinning WAFA agentligi xabar berishicha, Isroil armiyasining hujumlari oqibatida 9400 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan va 25 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »