Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil meros vaziri Amixay Eliyaxu G’azo sektorida yadro bombasidan foydalanish ehtimoli haqidagi so‘zlari bu hukumat tomonidan Falastin xalqiga qarshi amalga oshirilayotgan terrorizmni aks ettiradi. Bu haqda HAMAS vakili Hazim Qosimga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Isroil vaziri 5-noyabr kuni G‘azo sektoriga yadroviy zarba berishni “imkoniyatlardan biri” deb atadi. Shundan so‘ng Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uni vazirlar mahkamasi yig‘ilishlarida ishtirok etishini “keyingi ogohlantirishgacha” to‘xtatib qo‘ydi. Keyinroq u lavozimidan chetlatilgani ma’lum bo‘ldi.

“Sionistik ishg‘ol hukumati merosi vaziri deb atalmishning bayonotlari mazkur fashistik hukumat va uning rahbarlari tomonidan Falastin xalqiga qarshi amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan jinoiy terrorizmni aks ettiradi”, — dedi HAMAS vakili.

Shuningdek, Qosim bunday bayonotlar Qo‘shma Shtatlarning to‘liq qo‘llab-quvvatlashidan kelib chiqayotganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »