Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH HAMASning Isroilga hujumi vaqtida guruh tomonidan garovga olinganlar haqida ma’lumot to‘plash uchun G‘azo sektorida kuzatuv dronlaridan foydalanmoqda.

Foto: Pixabay

Bu haqda Reuters agentligiga amerikalik ikki amaldor ma’lum qildi, ulardan biri Amerika dronlari G‘azo sektori ustida bir haftadan buyon uchib yurganiga aniqlik kiritdi.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH rasmiylari HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan o‘n nafar amerikalik asirlikda bo‘lishi mumkinligini istisno etmaydi. HAMAS garovga olinganlarni G‘azo sektorida qazilgan tunnellar tarmog‘idan birida ushlab turgani taxmin qilinmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS 240 dan ortiq odamni, jumladan, boshqa davlatlar fuqarolarini garovga olgan. Xabar qilinishicha, Germaniya Kiprga Maxsus kuchlar qo‘mondonligidagi askarlarni joylashtirgan — ular Bundesverning elita maxsus kuchlari bo‘limi hisoblanib, boshqa vazifalar qatorida garovga olinganlarni ozod qilishga ixtisoslashgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »