Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu garovga olinganlarni ozod qilmasdan o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo
“Biz to‘liq kuch bilan harakat qilishda davom etamiz. Garovga olinganlar ozod qilinmasa, Isroil vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga rozi emas. Isroil G‘azo sektoriga yonilg‘i yetkazib berilishiga, moliyaviy yordam ko‘rsatilishiga qarshi. Isroil urushda g‘alaba qozonish uchun qo‘lidan kelganini qiladi”, — dedi Netanyaxu.


Isroil mudofaa vaziri ham Tel-Avivga tashrif buyurgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenga HAMAS tomonidan garovga olinganlar ozod etilmasa, o‘t ochish to‘xtamasligini aytgan. Blinken esa Isroil G‘azo sektori ustidan nazoratni qo‘lga kiritish istagi yo‘qligini aytgan.

HAMAS garovga olinganlarni ozod qilishga tayyor, ammo...

HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvar Isroildan olib kelingan va garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini aytgan. U HAMAS garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga almashtirishga tayyorligini bildirgan. Tegishli taklifni HAMASning qurolli qanoti ham ilgari surgan.

“Biz zudlik bilan mahbuslar almashinuvi bo‘yicha bitim tuzishga tayyormiz, bunda Isroil qamoqxonalaridagi barcha falastinlik mahbuslar evaziga HAMAS qo‘l ostidagi barcha mahbuslar ozod qilinadi”, — degan Sinvar.

Hozircha Isroil mazkur taklifga javob bermagan, biroq garovga olinganlarni har qanday yo‘l bilan qaytarishga tayyorligini bildirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »