Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Isroil G‘azo sektori va Livanga qarshi oq fosforli o‘q-dorilardan foydalanganini tasdiqladi. Bu haqda tashkilotning inqiroz bo'yicha katta maslahatchisi Donatella Rovera Sky News telekanalida ma’lum qildi.

Tashkilot Livandagi Isroil o‘qlari qurbonlarini davolagan shifokorlar bilan bog‘langanini aytdi. Roveraning so‘zlariga ko‘ra, u yerda oq fosfordan foydalanish oqibatida kamida to‘qqiz kishi jarohatlangan.

“Biz, Amnesty International, G‘azoda ham, Livanda ham oq fosfor ishlatilganini tasdiqladik”, — dedi Donatella Rovera.

31-oktyabr kuni Livanning NNA agentligi Livan janubidagi ikkita aholi punktining chekkalari Isroil hududidan otilgan fosforli snaryadlar bilan o‘qqa tutilganini xabar qildi.

Inson huquqlari bo‘yicha Human Rights Watch (HRW) tashkiloti Isroil armiyasi 10 va 11-oktyabr kunlari Livan va G‘azo sektorini o‘qqa tutishda xalqaro konvensiyalarda taqiqlangan oq fosforli o‘q-dorilardan foydalanganini ma’lum qildi. 

Avvalroq Falastin Tashqi ishlar vazirligi Isroil kuchlari tomonidan oq fosfor qo‘llangani haqida xabar bergandi. BMT esa bunday qurollar qo‘llangani haqida hech qanday xabar olmaganini ta’kidlagan.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lior Hayat Amnesty International xalqaro nohukumat tashkiloti Isroilga qarshi “antisemitizm va noxolis” ekanini iddao qilgan. 

AQSH Davlat departamenti G‘azo sektorida Isroil tomonidan taqiqlangan oq fosforli o‘q-dorilardan foydalanganiga oid dalil yo‘qligini aytadi. JSST ham oktyabr oyi o‘rtalarida G‘azo sektorida oq fosfordan foydalanish qurbonlari haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytgan.

Fosforli o‘q-dorilar nega xavfli?

Oq fosforli o‘q-dorilar kimyoviy xossalari va undan foydalanish oqibatlari tufayli xavflidir. Quyida asosiy sabablarni keltirib o‘tamiz:

Yuqori yonish harorati: Oq fosfor juda yuqori haroratlarda yonadi, bu esa odamlarga jiddiy kuyish va shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Zaharli bug‘lanish: oq fosfor yonganda fosfor oksidi kabi zaharli bug‘lar hosil bo‘ladi. Ushbu moddalardan nafas olish inson salomatligiga zarar yetkazishi va tana tizimlarida turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Uzoq vaqt yonish: Oq fosfor hatto suv ostida ham uzoq vaqt yonishi mumkin, bu uning oqibatida kelib chiqqan yong‘inlarni o‘chirishni qiyinlashtiradi.

Atrof-muhitga ta’siri: u yonganda hosil bo‘ladigan zaharli birikmalar tuproq, suv va havoni ifloslantirishi mumkin va bu tirik organizmlar, ekotizimlarga jiddiy zararli ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »