Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Penni Vong xalqaro hamjamiyat Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy hujumlari tufayli tinch aholining qurbon bo‘lishini qabul qilmasligini aytib, Isroilni vazminlikka chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: Reuters
“Haqiqat shundaki, xalqaro hamjamiyat G‘azo sektorida tinch aholi halok bo‘lishini qabul qilmaydi. Shunday ekan, Isroilning do‘stlari va hamkorlari, jumladan, Avstraliya uni vazminlikka va tinch aholini himoya qilishga chaqirganda, Isroil tinglashi haqiqatan ham muhim”, — dedi u. 

Vazirning taʼkidlashicha, Avstraliya hukumati va parlamenti “Isroil 7-oktyabr kuni HAMAS hujumidan keyin o‘zini himoya qilish huquqiga ega, ammo bu huquqdan qanday foydalangani katta ahamiyat kasb etadi”.

 “Isroil xalqaro huquq va urush qoidalarini hurmat qilishga majbur. Tinch aholi HAMAS tomonidan sodir etilgan dahshatlar uchun tovon to‘lamasligi kerak va isroilliklar va falastinliklar uchun adolatni qo‘llab-quvvatlab, buni ochiqdan ochiq talab qilishda davom etamiz”, — dedi u.

Shuningdek, vazir 1-noyabr kuni Rafah nazorat-o‘tkazish punkti orqali G‘azo sektorini tark etishga muvaffaq bo‘lganlar orasida ushbu mamlakat fuqarolari borligini tasdiqladi.

“Ushbu birinchi guruh chegarani kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lganidan juda xotirjamman va minnatdorman”, — dedi Vong.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »