Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iordaniya Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi jangovar harakatlari kengayganiga javoban Isroildagi elchisini zudlik bilan chaqirib olishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Al-Wakeel mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib.

Foto: Getty Images

Shu bilan birga, Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Al-Safadiy Isroil TIVni avvalroq qirollikni tark etgan Isroil elchisini qaytib qabul qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirgan.

“Ushbu qaror Iordaniya tomonidan Isroilning G‘azo sektorida begunoh fuqarolarning o‘limiga va misli ko‘rilmagan jiddiy gumanitar inqirozga olib kelgan shiddatli urushni qoralashi va rad etishining qat’iy ifodasidir”, — deyiladi Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Iordaniya tomonining ta’kidlashicha, elchilar Isroil G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni to‘xtatgandan keyin qaytishi mumkin. Al-Safadiy Iordaniya G‘azodagi urushni tugatish uchun harakatni davom ettirishini qayd etdi. U Falastin poytaxti Quddusda 1967-yilda tuzilgan shartnoma asosida mintaqada tinchlikka erishish zarurligi haqida gapirdi.

Avvalroq Boliviya hukumati Isroilning G‘azo sektoridagi operatsiyasi tufayli Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini ma’lum qilgandi. Chili va Kolumbiya maslahatlashuvlar uchun Isroildan o‘z elchilarini chaqirib oldi. Uchala davlat ham sulh tuzishga chaqirdi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi Boliviyaning qarorini “terrorizm va Eron rejimiga taslim bo‘lish” deb atadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »