Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Boliviya hukumati G‘azo sektoridagi amaliyot tufayli Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Boliviya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Freddi Mamani tegishli qaror “Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan agressiv va nomutanosib harbiy hujumini rad etish va qoralash belgisi” sifatida qabul qilinganini aytdi.

Janubiy Amerikaning yana ikki davlati: Chili va Kolumbiya Isroildan o‘z elchilarini maslahatlashuv uchun chaqirib oldi. Uchala davlat ham sulh tuzishga chaqirdi. Boliviya va Chili hukumati G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazilishini ta’minlash zarurligini bildirdi, shuningdek, Isroilni xalqaro huquqni buzganlikda aybladi.

Meksika va Braziliya hukumati ham sulh zarurligini e’lon qildi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi hozircha Chili va Kolumbiya elchilarining chaqirib olinishi, shuningdek, Boliviyaning diplomatik aloqalarni uzgani haqidagi bayonotiga izoh bermadi.

Boliviya G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e’lon qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. 2009-yilda Boliviyaning o‘sha paytdagi prezidenti bo‘lgan Evo Morales ham G‘azo sektoriga qilingan hujumlar tufayli Isroil bilan diplomatik aloqalarini uzgandi, biroq u 2020-yilda tiklangan.

  • 7-oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum qilishi oqibatida 1400 kishi halok bo‘ldi, guruh 200 dan ortiq odamni garovga oldi. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektoriga havo hujumlarini boshladi va oktyabr oyi oxirida Isroil mudofaa kuchlari qo‘shinlari Falastin hududiga kirib keldi.
  • Falastin tomoniga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida 8,5 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, ulardan 3,5 ming nafari bolalar. G‘azo sektoridagi 1,5 millionga yaqin aholi, BMT rasmiylarining aytishicha, uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »