Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning G‘azodagi Jabaliya qochqinlar lageriga bergan zarbasi oqibatida Lotin Amerikasidagi qator davlatlar Isroildan o‘z elchilarini chaqirib oldi va Tel-Aviv bilan diplomatik munosabatlarni uzishga tayyor. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

Gumanitar tashkilotlar Isroilning Jabaliya qochqinlar lageriga hujumini qoralab, halokatli havo hujumi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun dunyo yetakchilariga “ogohlik signali” bo‘lishi kerakligini aytdi.

Foto: Reuters

Vashingtondagi falastinlik siyosatshunos Umar Baddorning aytishicha, AQSHda “jamoatchilik fikri” va Bayden maʼmuriyati pozitsiyasi o‘rtasida katta tafovut borligiga shubha yo‘q.

“Bu shunchalik jiddiy kelishmovchilikki, amerikaliklarning aksariyati hozir hujumni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlamoqda, ammo siyosiy tuzum Amerika xalqining chaqiriqlariga mutlaqo kar bo‘lib qolganga o‘xshaydi”, — dedi Baddar Al-Jazeera telekanaliga.

Falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun davom etayotgan norozilik namoyishlarining maqsadi “ularning e’tiborini jalb qilish, bu siyosiy baxoga ega”, — dedi u Bayden ma’muriyati haqida.

“Afsuski, Vashington xususiy lobbi guruhlari taʼsirida qolayotganga o‘xshaydi... va siyosiy martabaga ega bo‘lish, siyosiy jihatdan omon qolish uchun Isroil tarafdori bo‘lish kerak, degan eskirgan tafakkur bilan harakat qilmoqda”.
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Foto: Reuters

Jabaliya qochqinlar lageriga “g‘ayriinsoniy” hujum

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga zarba berishi oqibatida 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi, 150 dan ortiq odam jarohatlandi. Qurbonlar soni oshishi, sababi vayronalar ostidan qidiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Jabaliya G‘azo sektoridagi sakkizta qochqinlar lagerining eng yirigi hisoblanadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda 116 ming kishi ro‘yxatga olingan.

Isroil armiyasi hujum nishoni HAMAS qo‘mondoni bo‘lganini aytdi. Oqibatda Ibrohim Biariy “yo‘q qilingani” ta’kidlandi. 

“HAMAS qo‘mondoni joylashgan binoga qilingan hujum boshqa obyektlarning qulashiga olib kelgan, chunki u yerda juda keng infratuzilma mavjud edi”, — deydi Isroil mudofaa kuchlari.

Saudiya Arabistoni Jabaliya qochqinlar lageriga hujumni qoraladi

“Saudiya Arabistoni podshohligi Isroil ishg‘ol kuchlari tomonidan qamal ostidagi G‘azo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lagerini g‘ayriinsoniy nishonga olishini keskin qoralaydi”, — deyiladi Saudiya TIV bayonotida.

Bayonotda qo‘shimcha ravishda aholi zich joylashgan qochqinlar lageriga qilingan so‘nggi hujum “ko‘p sonli begunoh tinch aholining o‘limi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgani” ta’kidlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »