Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil rasmiylari G‘azo sektorining 2,3 million aholisini Misrning Sinay yarim oroliga ko‘chirishni taklif qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: AFP
 

Tegishli tashabbus ilgari surilgan hujjatga 13-oktyabr sanasi yozilgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi hujjatni gipotetik jihatdan mumkin bo‘lgan muqobil variantlardan faqat bittasini ko‘rsatadigan “konsepsiya qog‘ozi” deb atadi.

Unda G‘azo sektori aholisini Sinay yarimoroli shimolidagi chodir shaharlarga ko‘chirish, u yerda doimiy shaharlar qurish va gumanitar koridor yaratish ilgari surilgan. Shu bilan birga, Razvedka vazirligi Isroil ichida falastinlik qochqinlarning mamlakatga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus xavfsizlik zonasi yaratishni taklif qildi.

Hujjatda G‘azo sektori aholisining ko‘chirilgandan keyingi taqdiri haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Gazeta mualliflari bu ssenariyni “Isroil xavfsizligi uchun eng maqbuli” deb atagan. Ushbu hujjat yuzasidan jiddiy muhokamalar bo‘lmagan.

“Isroilning hozirda HAMASning maʼmuriy va harbiy salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan birorta rasmiy platformada ertangi kun masalasi muhokama qilinmagan”, — deydi mamlakat bosh vaziri idorasi.

O‘z navbatida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bunga qarshilik ko‘rsatib, Isroilning G‘azo sektorining 2,3 million aholisini majburiy ko‘chirilishiga qarshi ekanini qayd etdi.

“Biz odamlarni ommaviy majburiy ko‘chirilishga aniq qarshimiz”, — dedi BMT bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »