Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo aholisini qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Kongressdagi nutqini bo‘lib qo‘ydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters
 

Namoyishchilar G‘azo sektorida “o‘t ochishni to‘xtatish”ni talab qildi. Faollar Kongress zaliga kirib, Blinkenning nutqini kutgan. Shundan keyin, ular qizil bo‘yoqqa bo‘yalgan qo‘llarini ko‘tarib, G‘azo sektori aholisini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytishni boshlagan. Ularni zaldan Kapitoliy politsiyasi olib chiqib ketgan.

Kadrlarda bir nechta namoyishchilar plakatlar ko‘tarib, o‘t ochishni va Isroilni moliyalashtirishni to‘xtatishni talab qilgan shiorlar bilan chiqqanini ko‘rish mumkin. 

Entoni Blinkenning nutqini “O‘t ochishni hoziroq to‘xtating” va “G‘azo bolalarini qutqaring” deb baqirgan odam bo‘lgan, — deydi CNN.

Blinkenning so‘zini bo‘lgan faollar “Falastindan Meksikagacha barcha devorlar qulashi kerak!”, “G‘azo yashasin!”, deb hayqirgan. Ular zaldan olib chiqilgandan keyin Blinken Ukraina va Isroilga 106 milliard dollarlik yordam ko‘rsatishni muhokama qilish uchun nutqini davom ettirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »