Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Livanning yuqori martabali rasmiysi anonim tarzda Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida keng ko‘lamli urush bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Foto: AP Photo
“Hukumat sifatida biz ‘Hizbulloh’ga Livan urushdan omon qolmasligini aytamiz. Ular esa: ‘Tushunamiz, lekin HAMASning qulashiga yo‘l qo‘ya olmaymiz’ deb javob beradi”, — deydi rasmiy.

Amaldorning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari “Hizbulloh”ni Isroildagi urushga aralashmaslikka chaqirmoqda.

“Bizning javobimiz shuki, AQSH Isroilga G‘azoga keng ko‘lamli quruqlik bosqinni amalga oshirmasligi uchun bosim o‘tkazishi kerak”, — dedi livanlik mulozim.

“Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh 7-oktyabrdan buyon sukut saqlamoqda. Parda ortida boshqa partiyalarning Livan rasmiylari tomonidan Isroil bilan jangga kirishmaslik uchun “Hizbulloh”ga bosim kuchaygan.

2006-yilda “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi urush paytida “Hizbulloh”ni keng jamoatchilik qo‘llab-quvvatlagandi.

 “Hozir vaqti emas”, — deya qo‘shimcha qildi Livan rasmiysi. 

2006-yildagi 34 kunlik urushdan so‘ng, Fors ko‘rfazi davlatlaridan qayta qurish uchun Livanga pul tushgan. Rasmiyga ko‘ra, “hozir boy arab davlatlari pul berishni to‘xtatgan”.

2006-yildan beri Isroil, agar “Hizbulloh” urushga kirishsa, javob halokatli bo‘lishini iddao qilib keladi. Isroil Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Tzaxi Xanegbi 14-oktyabr kuni ogohlantirishni takrorlab, “Hizbulloh” harakatining kuchayishi Livanni “halokatga” olib kelishini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »