Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yamanning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiylari Isroilga “ko‘p sonli” ballistik raketalar va dronlar uchirdi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Foto: Getty Images

Yaman Qurolli kuchlari brigada generali Yahyo as-Sar tegishli ma’lumotni tasdiqladi. U Isroilning turli nishonlariga qarshi ballistik va qanotli raketalarning katta partiyasi, shuningdek, ko‘p sonli dronlar uchirilganini aytdi. Bu Isroilni nishonga olgan uchinchi operatsiyadir.

Husiy hukumati bosh vaziri Abdulaziz bin Habtur Isroil janubidagi Eylat tomon uchirilgan dron, raketalar “Yaman davlatiga tegishli” ekanini aytdi.

“Dronlar, ballistik va qanotli raketalardan foydalangan holda havo hujumi arab dunyosining zaifligi va Isroil bilan til biriktirishi fonida G‘azo xalqi oldidagi diniy, ma’naviy, gumanitar va milliy javobgarlik tuyg‘usi tufayli amalga oshirildi. Yaman Qurolli kuchlari Isroil agressiyasini to‘xtatmaguncha raketa hujumlarini davom ettiradi”, — dedi Yahyo as-Sar.

Operatsiyaga “Yaman xalqining talablari” sabab bo‘lgani qayd etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »