Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro siyosatshunos Yelena Suponina Isroil operatsiyasi kamida olti oy davom etishini prognoz qildi. U tegishli fikrni “Govorit Moskva” bilan bo‘lishdi.

Siyosatshunosga ko‘ra, Isroil armiyasining hujumlarida asosan tinch aholi halok bo‘lmoqda, HAMAS jangarilari esa tunnellarda yashirinmoqda.

“Isroil rahbariyati juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Bu quruqlikdagi operatsiyaday tuyuladi, ammo unchalik emas. Bu alohida reydlar bo‘lib, ular G‘azo sektorining shimoliy qismini janubiy qismidan ajratishni maqsad qilgan. Isroil rahbariyatining maqsadlari vaziyatga qarab to‘g‘rilanadi. Ehtimol, bunga amerikaliklarning bosimi yoki isroillik hamkasblariga maslahat beradigan amerikalik generallarning maslahati sabab bo‘lmoqda.
Hozircha isroilliklar o‘z maqsadlariga erisha olmayapti, ehtimol, shuning uchun ham operatsiya cho‘zilishini kutilmoqda. Bu endi haftalar emas, balki oylardir. Bu borada isroilliklarning o‘zi ham allaqachon gapirgan, operatsiya olti oydan to‘qqiz oygacha davom etishi haqida bir necha bayonotlar berilgan. HAMAS qarshilik harakati rahbariyati ham vaqt haqida xuddi shunday deydi. Bir necha kundan keyin HAMAS jabr ko‘rmagani, ular tunnellarda bo‘lib, otishmalarda qatnashayotgani va asosan tinch aholi azob chekayotgani aniq bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘i bo‘yicha kelisha olmadi. Bryusseldagi uchrashuvda ular faqat “gumanitar pauzalar va G‘azoga yordam yetkazish yo‘laklarini ochishga” chaqirdi.

“Biz mintaqadagi vaziyatning yomonlashuvidan chuqur xavotirimizni bildiramiz”, — deyiladi Yevropa kengashi matbuot xizmati tomonidan chop etilgan Yaqin Sharqdagi mojaro bo‘yicha sammitning yakuniy bayonotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »