Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir yil oldin Isroil razvedka xizmatlari Falastinning HAMAS jangarilarining ratsiya orqali suhbatlarini tinglashni to‘xtatgan, chunki ular buni “foydasiz” deb hisoblagan. Bu haqda manbalarga tayanib, The New York Times xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Xabarga ko‘ra, Isroil bosh xavfsizlik xizmati, agar bir yil avval HAMAS jangarilarining suhbatlarini tinglashni to‘xtatmaganida, HAMASning Isroilga hujum qilishini bashorat qilishi mumkin edi.

Isroil razvedkasiga bunday maʼlumotlar kelib tushmagani sababli 7-oktyabr, mahalliy vaqt bilan ertalab soat uchlarda maxsus xizmatlar jangarilarning G‘azo sektoridagi g‘ayrioddiy faolligini aniq tushuntira olmagan va buni oddiy mashq sifatida qabul qilgan.

Keyin razvedka idoralari HAMAS Isroilga kichik hujum uyushtirishga harakat qilishi mumkinligi haqida to‘xtamga kelib, hukumatdan Isroilning janubiy chegarasida terrorizmga qarshi kurash bo‘linmasini joylashtirishga buyruq bergan. 

“Biroq hujum boshlanmaguncha, hech kim vaziyat shu qadar uzoqqa borishi mumkinligiga ishonmasdi” , — dedi Isroil harbiylari NYT’ga. 

Shu tariqa, “Yaqin Sharqdagi eng qudratli harbiy salohiyatga ega” davlat nafaqat hujum ko‘lamini yetarlicha baholamadi, balki “takabburlik va HAMASni jilovlash mumkin degan noto‘g‘ri taxmin tufayli razvedka ma’lumotlarini to‘plashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi”.

Gazeta Isroil, arab, yevropalik va amerikalik rasmiylar bilan muloqot chog‘ida jurnalistlar tomonidan olingan ma’lumotlarga asoslanib, Isroilning xatosiga yana bir qancha omillar sabab bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha oy davomida razvedka xodimlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni uning siyosiy yo‘nalishi mamlakatni zaiflashtirayotgani va raqiblariga ishonch bag‘ishlayotgani haqida ogohlantirgan. Shu bilan birga, razvedka G‘azo sektori jangarilarining Isroilga hujumini noto‘g‘ri prognoz qilgan, chunki G‘arbiy Sohilda isroilliklarga arablarning hujumi ehtimoli katta deb qaralgan.

Bundan tashqari, Isroil uzoq vaqtdan beri yahudiy davlati uchun eng katta tahdid Eron va go‘yoki unga aloqador bo‘lgan guruhlardan keladi, deb qaragan. Sentyabr oyida ba’zi rasmiylar kelgusi oylarda yoki hatto haftalarda ulardan hujum kutishini aytgan.

Shuningdek, Amerika razvedka idoralari so‘nggi yillarda Isroilga HAMAS va uning rejalari haqida ma’lumot to‘plashda yordam berishni to‘xtatgan, chunki ular Isroil buni o‘zi eplay olishiga ishongan.

24-iyul kuni Isroilning yuqori martabali harbiy amaldorlari yahudiy davlati qonun chiqaruvchilarini ehtimoliy xavf haqida ogohlantirgan, chunki ularga ko‘ra, Livandagi “Hizbulloh” shia guruhi yetakchilaridan biri Hasan Nasrullo jangarilarni “katta urushga” tayyorlanishga chaqirgan.

Biroq Isroil hukumati doiralari bu ogohlantirishlarga e’tibor bermagan. Netanyaxu HAMASni Falastin milliy ma’muriyatining da’volarini muvozanatlashtira oladigan mintaqaviy kuch sifatida qarab, global tahdid sifatida ko‘rmagan. Amerika rasmiylari, o‘z navbatida, hatto falastinlik jangarilar yordamida mintaqadagi boshqa guruhlar faoliyati haqida ham maʼlumot yig‘ishni rejalashtirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »