Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu razvedka xizmatlarini tanqid qiluvchi post chiqarib, keyinroq uni o‘chirib tashlab, razvedkadan uzr so‘radi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Reuters

Isroil bosh vaziri X ijtimoiy tarmog‘ida HAMASning Isroilga bostirib kirish niyati haqida hech qanday xabar olmaganini yozdi. Shuningdek, postida “barcha xavfsizlik xizmatlari, jumladan, harbiy razvedka rahbari HAMAS kelishuvga erishmoqchi, degan fikrda” degan maʼlumot bo‘lgan.

Netanyaxu tegishli posti sababli Isroilda tanqidga uchragan. Xususan, uni harbiy vazirlar mahkamasi aʼzosi va Knesset aʼzosi Benni Gants, Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid qoralagan. Ikkala siyosatchining aytishicha, hozir bunday izohlar vaqti emas.

“Bugun kechqurun Netanyaxu qizil chiziqni kesib o‘tdi. Isroil razvedkasi va qo‘mondonlari HAMAS va “Hizbulloh”ga qarshi mardonavor kurashayotgan bir paytda, Netanyaxu ularni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ularni ayblashga urinmoqda”, — deb yozdi Lapid ijtimoiy tarmoqda.

Isroil bosh vaziri shundan so‘ng postni o‘chirib tashladi va buning uchun uzr so‘radi.

“Men xato qildim... Razvedka xizmatlarining barcha rahbarlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Men Isroil armiyasi Bosh shtab boshlig‘iga, shuningdek, bizning uyimiz uchun kurashayotgan frontda bo‘lgan qo‘mondon va askarlarga kuchlar yuboryapman”, — deb yozdi Netanyaxu.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »