Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh 3-noyabr, juma kuni Isroil—HAMAS urushi boshlanganidan beri birinchi marta bayonot beradi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, “Hizbulloh” juma kungi bayonotgacha Isroilga armiyani to‘liq olib chiqib ketish va G‘azo sektorini bombardimon qilishni yakunlashni talab qilgan. Bunga javoban Isroil HAMASdan keyin darhol “Hizbulloh” bilan shug‘ullanishga va’da bergan.

Isroil harbiylari Livan janubidagi chegaradosh hududlarning minglab aholisi “Hizbulloh ularga qarshi urush boshlashidan” qo‘rqib, u yerdan qochib ketayotgani haqida xabar berdi.

7-oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum qilganidan so‘ng, Eron homiyligidagi Livandagi “Hizbulloh” guruhi Isroil bilan ikki marta jang qilgan bo‘lsa-da, yirik bosqindan o‘zini tiydi.

“Hizbulloh” jangchilari vaqti-vaqti bilan Isroil shimolidagi chegara hududlariga raketalar va kichik qurollardan o‘q uzmoqda. Isroil armiyasi bunga javoban “Hizbulloh” jangarilar joylashgan hududlarga vaqti-vaqti bilan zarbalar bermoqda. Hozirgacha bu otishmalar mahalliy xarakterga ega.

Nasrulloh Isroil vaqti bilan soat 15:00 da “Quddus yo‘lida halok bo‘lgan shahidlar”ni sharaflash marosimida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Quds kuchlari qo‘mondoni Esmoil Qaani Isroil bilan kengroq qarama-qarshilikni muvofiqlashtirish uchun 8-oktyabrdan beri Livanda ekani aytilmoqda. “Hizbulloh” manbalari Livandan Isroilga hujum qilish masalasida so‘nggi so‘zni “Hizbulloh” yetakchisi Nasrulloh aytishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »