Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Isroil agar HAMAS jangarilarini G‘azodan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘lsa, sektor kelajagi uchun uchta variantni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Muhokamalar Isroil Falastin nazorati ostidagi hududda quruqlikdagi manyovrlarini kengaytirayotgan paytda o‘tkazilmoqda.

Birinchi variant Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlarga sektor ustidan vaqtinchalik nazoratni berish; shu bilan birga, G‘azo sektorida AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya qo‘shinlari joylashtirish.

“Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining mavjudligi ham ma’qul”, — deyiladi xabarda.

Ikkinchi variantga ko‘ra, 1979 yilgi Isroil-Misr tinchlik shartnomasi (Kemp Devid kelishuvlari) amalga oshirilishini nazorat qiluvchi Sinay yarim orolidagi ko‘p millatli kuchlar va kuzatuvchilarga o‘xshash missiyaning sektorda tinchlikparvar kuchlari faoliyat yuritadi.

Uchinchi variant — G‘azo sektorini Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida vaqtinchalik boshqarish. Bloomberg avvalroq tomonlar u yerda BMT ko‘magi va arab davlatlari ishtirokida muvaqqat hukumat tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi. 

“Isroil bu taklifni amaliy emas deb baholamoqda, chunki BMTning foydasi kam”, — deyiladi xabarda.

Bloomberg ta’kidlaganidek, uchta variant ham AQSH prezidenti Jo Bayden va boshqa davlatlar, jumladan, Fors ko‘rfazi davlatlari uchun “siyosiy xavf” tug‘diradi. Manbaga ko‘ra, Bayden hatto kichik amerikalik askar kontingentini ham xavf ostiga qo‘ymoqchi emas. Arab davlatlari G‘azo sektori taqdirida ishtirok etishdan manfaatdor yoki yo‘qligi ham nom’lum.

Manbalarga ko‘ra, Isroil “g‘oyani ko‘rib chiqishga loyiq” deb hisoblaydi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken “yangilangan Falastin milliy ma’muriyati”ni sektorni boshqarish uchun eng yaxshi variant deb atadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »